Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mening jajji doʻstlarim

  • Rukn: Nigoh
  • 51 marta ko‘rilgan

Kichikligimdan oʻzim yoqtirgan qahramonlarning qiyofasini yaratish, ichki dunyosi va sarguzashtlarini aks ettirishni orzu qilardim. Badiiy adabiyotga qiziqishim ertaklardagi turli qahramonlarni yaqindan tanish imkonini berdi. Maktabimizda tashkil etilgan “Yosh qalamkashlar” toʻgaragiga qatnab, yozgan ertak va hikoyalarim bilan avval ilm maskanimizda, soʻngra tuman hamda viloyat tanlovlarida qatnasha boshladim.

Xususan, 2018-yilda “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalida badiiy adabiyotning nasr yoʻnalishida muvaffaqiyatli ishtirok etgan boʻlsam, “Eng yosh kitobxon” respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichidagi javoblarim ustozlar tomonidan ijobiy baholandi. “2019-yil – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” munosabati bilan “Boy dehqon”, “Uddaburon bola” degan ertaklar yozdim. Ayniqsa, “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bolalar ijodiyoti festivali”da qatnashganim meni judayam ilhomlantirdi. Bundan ruhlanib, millatlararo hamjihatlikka bagʻishlangan “Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida ajoyib ertak yozdim. Bugunga qadar “Ilm afzal”, “Oʻn besh yoshli vazir”, “Chol va laylak” kabi oʻndan ortiq ertak qahramonlarini bolalar adabiyotiga qayta kiritdim va ular mening chinakam jajji doʻstlarimga aylandi.

Men ularning mardlik, jasurlik, halollik va odamiylik fazilatlarini oʻzlashtirishga, tengdoshlarimga oʻrnak boʻlishga harakat qilaman. Tuman Yoshlar Ittifoqi kengashi tomonidan muntazam oʻtkaziladigan tadbir va tanlovlarda ham faol boʻlishga intilaman. Jumladan, “Yoshlar Ittifoqi shaxmat taxtasi”, “Ittifoq” sardori” kabi tanlovlarda mahoratimni sinab koʻrdim. Kelgusida ijodda yuksak marralarni zabt etib, taʼlim dargohimizning faxriga aylanish – eng ezgu maqsadim.

 

Zebuniso Ahmedova,

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani

52-maktab 4-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.