Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Obuna davom etadi

  • Rukn: Nigoh
  • 45 marta ko‘rilgan

Yurtimiz bo‘ylab kitob ulashish aksiyasi davom etayotgan bir pallada, dadam – Qarshi davlat universitetining “Nemis tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Alisher Mahmudov bilan u kishi o‘qigan Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 75-maktabga bordik. Dadam maktab o‘quvchilariga muvaffaqiyatga erishishda kitob, xususan badiiy adabiyotning o‘rni va ahamiyati haqida qiziqarli misollar bilan gapirib berdilar. Uchrashuvda tengdoshlarimning salohiyati, o‘zbek va jahon adabiyotiga bo‘lgan katta qiziqishini ko‘rib havasim keldi. Dadam o‘quvchilarning bunday kitobxonligiga sabab albatta, ustozlarning mehnati samarasi ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Eng quvonarlisi, maktab o‘quvchilari “Gulxan” jurnalini sevib o‘qishar ekan. Gulxanjonning do‘sti sifatida bolalarning jurnal haqidagi ba’zi savollariga qo‘limdan kelgancha javob berdim. Va ularni bu jurnal bilan hamkorlikni davom ettirishga chorladim. “Chunki “Gulxan” iste’dodlar beshigi, u siz kabi o‘nlab, yuzlab iste’dodli bolalarning sadoqatli do‘sti”, dedim faxr bilan.

Maktab ota-onalar qo‘mitasi o‘quvchilarni jurnalning ikkinchi yarim yilligi obunasini yo‘lga qo‘yishdi.

Uchrashuv so‘ngida dadam maktab kutubxonasiga 100 dona badiiy kitob taqdim qildilar.

 

E’zoza Yo‘ldosheva,

Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchisi

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.