Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Orzulari tongday oq

  • Rukn: Nigoh
  • 485 marta ko‘rilgan

Maktabda xulqi va odobi bilan o‘rnak bo‘layotgan, tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, muvaffaqiyatlarga erishayotgan tengdoshlaringizga hammamiz havas qilamiz. Ularning o‘rnida bo‘lib qolgimiz keladi. Dilbar Normahmatova ham ana shunday iqtidorli yoshlarimizdan biri. U poytaxtdagi Uchtepa tumani 283-maktabning 9-sinfida o‘qiydi. 2016-yil “Kamalak yulduzlari” festivalining nasr yo‘nalishida sertifikat bilan taqdirlangan edi. 2017-yilda esa “Mustaqillik madhi – bolalar ijodida” respublika ko‘rik-tanlovida ijodiy ishlari bilan qatnashib, 1-darajali diplom sohibasi bo‘ldi. Hozir ingliz tilini qunt bilan o‘rganmoqda.

Qahramonimiz Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarini, hikmat va masallar majmuasidan iborat “Kalila va Dimna” kitobini sevib mutolaa qilarkan.

Dilbar maktab qoshida faoliyat olib borayotgan Muhiba Rajabova rahbarligidagi “She’riyat gulshani” to‘garagining faol a’zolaridan. Kelgusida qalami o‘tkir, so‘zi keskir jurnalist bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Uning orzulari ko‘kka parvoz qilsin, deymiz.

 

Tahririyat

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.