Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Topqirtoylar bobosi

  • Rukn: Nigoh
  • 434 marta ko‘rilgan

Bolalar, siz jurnalimiz sahifasida beriladigan boshqotirmalarni, jumboqlarni qiziqib yechasiz-a? Har bir savolga javob topganingizda quvonib ketasiz. Chunki krossvord, skanvord chinakam aql qayrog‘i. U bilimingizni sinovdan o‘tkazib boradi. “Gulxan” jurnalida krossvordlar ilk bora bundan 50 yil muqaddam e’lon qilingan va o‘quvchilar tomonidan qizg‘in ma’qullangan. Bilasizmi, bu boshqotirmalarning mualliflari kimlar bo‘lgan? Bugun ham o‘zlarining qiziqarli, mazmunli, topqirlik mashqlari bilan sizni o‘ylashga, izlanishga undayotgan fidoyi krossvordchilar Foziljon Oripov hamda Anvar Mirzayev!

Mana yarim asrdirki, ular Gulxanjonning do‘sti, hamrohi. Anvar aka o‘zlari boshqotirma tuzibgina qolmasdan sahifamizda “Gulxan” o‘quvchilarini krossvord, chaynvord, rebus, skanvord tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirganlar, bu boshqotirmalarni tuzish va qanday qilib yechish haqida saboqlar o‘tganlar. Anvar akaning bir necha boshqotirma to‘plamlari nashr qilingan. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, bugun turli boshqotirmalari bilan matbuotda qatnashayotgan mualliflar Anvar akani o‘zlariga ustoz, deb biladilar.

Topqirtoylarning bobosi Anvar Mirzayev bugun qutlug‘ 70 yosh ostonasida turibdi. Biz barcha jurnalxonlarimiz nomidan Anvar bobomizni muborak yoshlari bilan tabriklaymiz. Ishonamizki, bolajon bobomiz bundan buyon ham o‘zlarining ijodlari bilan “Gulxan” o‘quvchilarini xursand etaveradilar.

 

Tahririyat

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.