Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Umr yo‘li

  • Rukn: Nigoh
  • 787 marta ko‘rilgan

Davlat va jamoat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga

 

Raim FARHODIY

 

(dostondan parcha)

 

...Bola edi aqli ziyrak,

Kitob oldi qo‘liga.

Atrofdagi o‘rtoqlarin

Yetakladi yo‘liga.

Urush yillari og‘ir,

U ham intildi jangga.

Garchi bola esa-da,

Qalqon bo‘ldi Vatanga.

Xalq och edi, oziq yo‘q,

Baxtiga suv bor edi.

Yegani o‘t-u o‘lan,

Burda nonga zor edi.

 

Yugurardi fursat topsa

Registon maydoniga.

Ajdodlarning izi qolgan

Mo‘jizalar koniga.

Registon devorida

Go‘yo samo aksi bor.

Yulduzlar tizmasiga

Goh bepoyon osmon tor.

Muqaddas qadamjoni

Ruhan tushunar edi.

“Borodino” she’rini

Aytishga tushar edi.

She’rni baland ovozda

Yodlardi tutilmasdan.

Yuragida mayuslik,

Haqiqatni bilmasdan.

Yoshgina nozik ko‘ngil

Istardi anglamoqni.

Bobolar hayotida

Adolatni ko‘rmoqni.

“Kim yaratgan ularni?

Bir satr yo‘q darslikda.

Olamga yog‘du sochgan

Obidalar haqida.

Kim bunyod etgan axir,

Ushbu qadim shaharni?

Ko‘ngillardan joy olgan

Azaliy sehrgarni?”

Savollar girdobida

U ulg‘aydi shu asno.

Matonatli va qat’iy,

Bilimli, aqli raso.

Maktabni tamomladi

Oltin medal ko‘ksida.

Rejalar bisyor edi,

Qadamlari, so‘zida.

So‘ng oliygoh chorladi,

Qunt-la o‘qidi besh yil.

Zavodga ishga keldi,

Tajriba to‘plab dadil.

Ko‘zga ko‘rinib qoldi,

Bilim, kuchga to‘ldi u.

O‘z ishining zukkosi,

Mutaxassis bo‘ldi u.

Avvali “Gosplan”da,

So‘ngra birinchi kotib.

Markaz iskanjasida

“Shoh” edi o‘yga botiq.

“Qanday chidashi mumkin,

Bu mustabid tuzumga,

Tokay sadaqa kutib

Yashaymizmi zulmda?

Og‘ulangan dalaga

Xalqni ishga chiqarish,

Zaharlangan suvlarda

Ekinlarni sug‘orish!”

Islom Karimov nomin

Xalqimiz yaxshi bilar.

Kechagidek xayoldan

O‘tar suronli yillar.

Bosh-boshga qovushmagan,

Kim qayoqqa tortadi,

Vaziyat edi mushkul,

Savollar ham ortardi.

Bu Inson o‘sha damda

Kuch topdi, qudrat topdi.

El-yurtiga bosh bo‘lib

Kam-u ko‘stini yopdi.

Bas keldi “to‘ra”larga,

Javobsiz savollarga.

Haq so‘zini aytdi u,

Bo‘sh kelmay shoqollarga.

 

Misli oqar daryodek

O‘tib ketdi asrlar.

Bo‘ron-u to‘fonlardan

Omon chiqdi qasrlar.

Baxtli kunlarga intiq,

Ishonardi xalqimiz,

To‘siqlarni yorishga

Yetar edi aqlimiz.

Yorug‘ kunlar ostonada,

Oqar suvlar to‘lib oqdi.

Elimizning fikr-u yodi

Erk, ozodlik sari boqdi.

Shunday kunlar keldi oxir,

Zulmat ichra jonlandi nur.

Yurtboshimiz minbar uzra

Elga dedi: – Biz endi hur!

Dedi: – Shu mamlakatda

Xalqimiz unib-o‘ssin.

Bog‘lar aro, yurt aro

Har ishga shaxdam tursin!

 

Chashmadek tiniq-toza,

Ko‘zlari nurli edi.

Maqsadi yuksak, ulkan,

So‘zlari qo‘rli edi.

Atrofida zarhal yozuv

So‘z bitilgan qasrlar.

Yana qancha naqshin ko‘prik

Bag‘rida yotar sirlar.

Ko‘priklarni bunyod etgan,

Minglab, millionlab qo‘llar.

Ajdodlar tuhfasiga

Aylandi-ku bu yo‘llar.

 

Islom Karimov nomin

Xalqimiz yaxshi bilar.

Kechagidek hayoldan

O‘tar suronli yillar.

Buyuk kelajak eshigin

Ochish taqdirda bor edi.

Mohir donishmand yo‘lboshchi

Sinovlarga tayyor edi.

Uning zukko siyosati

Yurt ertasin aniqladi.

Asrlarga tatigulik

Loyihalar tasdiqlandi.

Eng muhimi, Yurtboshimiz,

Xalqimizni birlashtirdi.

Turli millat-elatlarni

O‘z iziga ergashtirdi.

 

Bugun Vatan mard o‘g‘lonin

Dilda saqlar mangu yodin.

“Mustaqillik me’mori”deb

Izhor aylar ehtiromin.

Xotirasin yodda saqlab,

Davom ettirarlar ishin.

Buyodkorlik borasida

Tanlagan yo‘llari chin.

 

Ozod diyorning bayrog‘i

Ko‘ring, ishonchli qo‘llarda.

Yillararo qadam tashlar,

Hayot karvoni yo‘llarda.

Bizga munosib hamkordir.

O‘nlab, yuzlab mamlakatlar.

Xalqim doim baxtli yasha,

Ortda qoldi u zahmatlar...

 

Rus tilidan Zahro HASANOVA tarjimasi

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.