Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Vaqtimiz – baxtimiz

  • Rukn: Nigoh
  • 11 marta ko‘rilgan

“Dangasalik kasallikmi?” maqolasini o‘qib

Do‘stlarim ichida Ilhombek kabi dangasalik kasaliga uchraganlari ham talaygina. Uy vazifalarini bizdan osongina ko‘chirib, yaxshi baho olishni istagan o‘quvchilar vaqtida dars qilmaslik dangasalik, o‘z-o‘zini aldash ekanligini bilisharmikin, deb o‘ylab qolaman. Men ham maktabga borgan kezlarimda dars tayyorlashga erinib, turli bahonalar o‘ylab topardim. Kitob titkilashdan ko‘ra televizor qarshisida o‘tirish, dugonalarim bilan mazza qilib vaqtimni o‘tkazishni afzal bilardim. O‘rtoqlarim bilan o‘ynab charchaganimdan kechga borib tezda uxlab qolardim. Darslarimni to‘liq bajarmay, vaqtida ovqatlanmaganimdan xavotirlangan onam vaqtimni bekor sarflamasligim uchun turli to‘garaklarga jalb qildi. Darsdan keyingi mashg‘ulotlardan biroz toliqsam-da, endi do‘stlarim bilan o‘zaro bellashish uchun uy vazifalarimni vaqtida bajarayapman. Hozir darsdan keyin ingliz, rus tillarini va matematika fanlarini mukammal o‘rganayapman. Musiqa maktabida “xalq cholg‘ulari bo‘limi”ning dutor yo‘nalishi bo‘yicha ustozlardan saboq olayapman. Muhimi, vaqtim mazmunli o‘tib, uy ishlariga, kitob o‘qishga va do‘stlarim bilan suhbatlashishga ham yetyapti. Agar siz ham sinfingizning eng a’lochi o‘quvchilari qatoridan joy olishni istasangiz kun tartibiga qat’iy amal qiling. Shunda dangasalik sizdan qochadi.

 

Nigina XURRAMOVA,

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi

44-maktabning 6-sinf o‘quvchisi

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.