Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yangi o‘quv yiliga yangi bino

  • Rukn: Nigoh
  • 190 marta ko‘rilgan

Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi 70-maktabning O‘zbekqo‘rg‘on qishlog‘idagi filialida bo‘lib o‘tgan Birinchi qo‘ng‘iroq bayrami nafaqat o‘quvchilar, balki ota-onalar uchun ham katta shodiyonaga aylandi. Gap shundaki, uzoq yillardan buyon o‘zbekqo‘rg‘onlik bolalar eski, o‘quv jihozlari yetishmaydigan, moslashtirilgan, omonat binoda 4-sinfni tugatgach, 5-sinfdan o‘qishni maktabning Qayirma qishlog‘ida joylashgan asosiy binosida davom ettirishga majbur edilar...

Bu maktab qishloqdan ancha olisda joylashgani bois ota-onalar bolalari qaytguncha xavotirda o‘tirishardi. Qish kunlari sovuqda, yog‘in-sochinda uzoq yo‘l yurish juda noqulay va mashaqqatli edi.

Endi ana shu ovoragarchiliklarga barham berildi. Qishloqda maktab filiali uchun investitsiya dasturi asosida yangi bino qurilib, o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi. Bolalarning chuqur bilim olishida zarur bo‘lgan texnik qurilmalar, zamonaviy multimedia bilan jihozlangan, 120 o‘ringa mo‘ljallangan bu filial 11 yillik mo‘jazgina o‘quv maskaniga aylantirildi. Endi o‘quvchilar yetuklik shahodatnomasini ham qadrdon maktablarida olishadi.

O‘zbekqo‘rg‘onlik bolalar bunday g‘amxo‘rlik uchun viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga va jonkuyar tadbirkor akalarga rahmat aytish bilan birga ular ishonchini oqlashga, faqat yaxshi baholarga o‘qishga so‘z berishdi.

 

Zafar NAZAROV

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.