Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yoʻqolmas boylik

  • Rukn: Nigoh
  • 75 marta ko‘rilgan

Bilim olish dunyodagi eng xosiyatli, eng tabarruk ishlardan biri. Chunki bilimli odam xor boʻlmaydi. Hayotda qoqilmaydi, har xil buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi tura oladi.

Odam umr boʻyi toʻplagan mol-dunyosidan bir kunda, bir zumda ajralib qolishi mumkin. Lekin egallagan bilimini hech kim tortib ololmaydi.

Olgan bilimlarimiz bizning yoʻqolmas boyligimizdir. Zero Mamlakatimiz Prezidenti taʼkidlaganlaridek, “Dunyodagi eng katta boylik yoshlikda olingan bilim va kasb-u hunardir”. Prezidentimizning bu fikrlaridan men oʻzimga kerakli xulosa chiqarib oldim. Bilimni esa biz shubhasiz kitoblardan olamiz. Yurtimizda kitobga, kitobxonlikka katta eʼtibor berilyapti. Bir soʻz bilan aytganda, bilimli boʻlishimiz uchun imkoniyatlar yetarli. Maktabimiz, mahallamiz kutubxonalari ham bizga manzur kitoblar bilan toʻldirildi. Meni eng koʻp quvontirgan voqea – maktbimizda elektron kutubxonaning ishga tushgani boʻldi. Undagi kitoblarni telefon yoki planshetimga joylab olib, uyda oʻqisam ham boʻlaveradi. Men bu galgi yozgi taʼtilni asosan badiiy adabiyotlarni oʻqib oʻtkazmoqchiman. Faqat men emas sinfdoshlarim, koʻchamizdagi oʻrtoqlarim bilan shu qarorga kelganmiz. Bu kitoblarni baʼzan birgalikda, baʼzan uyda mustaqil oʻqiyapmiz. Oʻqigan hikoya, qissalarimiz boʻyicha fikrlashyapmiz ham. Men esa “Bir kitob oʻqidim”, degan daftar tutdim. Va unga oʻzim oʻqigan asardan olgan taassurotlarimni yozib boryapman. Oʻquv yili boshlangach, ularni oʻrtoqlarimga oʻqib beraman. Balki eng qizigʻini jurnalimizga ham yuborarman. Chunki kitoblar meni fikrlashga, yozishga oʻrgatyapti, hayot bilan tanishtiryapti.

 

Sayidaziz SAMATOV,

Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 313-maktab 7-sinf oʻquvchisi

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.