Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Nigoh

Afsonaga yondosh manzillar

Siz ta’tilda paytingizda bo‘sh o‘tirmaylik, deb biz tahririyat xodimlari ham olis viloyatlarga safarga otlandik. Birimiz Samarqand, birimiz Sirdaryo, yana birimiz Qashqadaryo sari... Men esa siz bilan afsonaviy Xiva haqidagi hayajonlarimni bo‘lishmoqchiman.

Vo ajab, bu yerda bemalol ertak-kinofilm suratga olsa bo‘ladi. Bir necha yuz yillik “jonli…

To‘liq...

“Koinot”da maroqli hordiq

G‘ijduvon tuman markazida faoliyat ko‘rsatayotgan “Koinot” oromgohida bolalarning ko‘ngildagidek dam olishlari uchun barcha sharoit muhayyo.

– Bu yerdagi guruhlararo o‘tkazilayotgan sport musobaqalari, bilimdon bolalar bellashuvi, “Davraga marhamat” san’at tanlovi, turli mavzulardagi bahs-munozaralar bolalarni bir-birlarini yaqindan bilib…

To‘liq...

“Bolalik” bolalari

Maktabimiz tumanimizdagi eng ilg‘or o‘quv maskanlaridan. Buning boisi o‘quvchilarimizga sportning istalgan turi bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyat yaratilganligidadir.

Bu an’anani yozgi ta’til chog‘ida ham davom ettiryapmiz. Maktabimizda “Bolalik” sport sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkil qilingan. Uning vazifasi maktab o‘quvchilarini…

To‘liq...

Mazza qildim

Oh... Bu yil yoz menga kutilmagan ta’tilni tuhfa etdi. Eng avvalo, shuni aytmoqchimanki, ta’til maroqli boshlandi. Toshkent viloyatidagi so‘lim maskanlardan birida yozgi oromgoh ochilibdi. Bu joy Xumson degan qishloq bo‘lib, “Asaka bank” tomonidan tashkil topgan. Unda biz bolalar uchun hamma sharoit muhayyo. Sog‘lomlashtirish bo‘yicha qulayliklar,…

To‘liq...

Sakuralar oilasi yoxud yapon o‘quvchilari hayotiga bir nazar

Qadrli yosh do‘stim! Bilaman, hozir yozgi ta’tilda mazza qilib, o‘ynab-kulib hordiq chiqaryapsiz. Cho‘milyapsiz, xushmanzara tog‘ qo‘ynidagi oromgohlarda hech bir majburiyatsiz dam olyapsiz. Xullas, ayni paytda kitob-daftar, qalam-qog‘oz kabi narsalarga unchalik hushingiz yo‘q. Sizga maktab darslaridan savol berib ko‘rsak... Xo‘p-xo‘p-xo‘p...…

To‘liq...

Kamalak uchrashuvlari

Shodlik mexmonlari

 

Tabriklayman, Mubina, “Kitob – tafakkur qanoti” bellashuvining eng faol, eng hozirjavob ishtirokchisi bo‘lding. Badiiy asarlar, ularning qahramonlari haqidagi savollarga batafsil javob berding. Shuncha kitobni o‘qishga qachon ulgurasan? – hayratini yashirmadi Shahnoza.

– Maktabimizdagi kutubxonaga a’zoman. Uyimizda ham…

To‘liq...

Mehridaryo maskan

“Yurgan – daryo...” deganlaridek, yurtimizning bor husn-u tarovati, go‘zal tabiatidan bahra olish, qolaversa, qadrdon o‘quvchilari bilan yaqindan tanishib, dildan suhbatlashish maqsadida Gulxanjon har yili mamlakat bo‘ylab safarlar uyushtiradi.

Sevimli jurnalingizning navbatdagi sayohati Toshkent viloyatining eng…

To‘liq...

Mo‘jizalar olami

Har yili 1-iyunda dunyo bo‘yicha “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” keng nishonlanib kelinadi. Bu kunga sizlarga kutilmagan sovg‘a tayyorlash uchun O‘zbekiston davlat Qo‘g‘irchoq teatri, O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri, O‘zbekiston davlat yoshlar teatri (rus tilida) o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rishadi. Chunki bu dargohlardagi…

To‘liq...

O‘quvchining bir kuni

Qishloqda tong erta otadi, desalar ishonavering. Saharda xo‘rozlarning qichqirig‘i sizni uyg‘otadi, biroz o‘tib onasiga talpingan buzoqlarning ma’ragan ovozi eshitiladi. Har tong ko‘chaga suv sepgani chiqqanimda qaysidir qo‘shnimizning hovlisidan tandirda yopilgan non isini tuyaman. Mana, sinfdoshim Anvar sigirini haydab dalaga ketyapti. Lekin har…

To‘liq...

Ular O‘zbekistonni sevishadi

yoxud vatanparvarlik bahslaridan reportaj

 

Emishki, yog‘iy bilan kechgan ilk jangda mardonavor qilich surgan Sparangiz oxir-oqibat dushman hiylasidan vafot etibdi. Yolg‘iz o‘g‘lining jonsiz jasadi tepasida nigohini bir nuqtaga qadab turgan malika To‘maris va nihoyat, so‘nggi so‘zni aytish uchun o‘ng qo‘lidagi qilichni ko‘kka ko‘tardi:

– Ey,…

To‘liq...

Shoirlikka yo‘q maktab

(Tahririyatga kelgan she’riy mashqlarni o‘qib)

 

Har kuni tahririyatga kelgan xatlarning yarmidan ko‘pini she’rlar tashkil qiladi.

– Voy-bo‘, bir haftada 70 dan ortiq she’r kelibdi-ya, – dedi Xatlar bo‘limi boshlig‘i Iroda Umarova hayajon bilan.

– Yaxshi-ku, demak, bolalarimiz kitob o‘qishyapti, shoirlarga havas qilishyapti, – dedim men.

–…

To‘liq...

Hikoyani o‘qib...

Jurnalning o‘tgan sonida berilgan Muhabbat Hamidovaning “Jumboq hikoyalar”iga o‘z munosabatimni bildirmoqchiydim. Sardor she’rni yaxshi yodlab oldi, ammo uning kitobiga achindim. Chunki kitob non kabi e’zozlanadi. Varaqlarini yelimlagan taqdirda ham kitob asl holiga kelmaydi. Sardor kitobni avaylashi kerak edi. Chunki uning ukalari ham shu kitobdan…

To‘liq...

“Barkamol avlod”da bayram

Samandar kichikligidan rasm chizishga qiziqar, buvisi aytgan ertak qahramonlari haqidagi tasavvurlarini qog‘ozga tushirishga harakat qilardi. Rasm darsidan faqat a’lo baholarga o‘qigan Samandar ustozining maslahati bilan “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyoti markazidagi “Tasviriy san’at” to‘garagiga qatnay boshlaganiga bir yildan…

To‘liq...

Qo‘limizdagi nur

Uning ziyosidan barchamiz bahramand bo‘laylik

 

Bolaligidan kitobni do‘st bilib, uni qadrlagan, oftobdek nuridan ko‘ngli ravshanlashgan o‘quvchi borki, bu beqiyos xazinaning chindan betakror mo‘jiza ekanligini tushunadi. Ayniqsa, elda aziz va mo‘tabar insonlar bilan suhbatlashsak, ularning bu darajaga yetishlarida, kamol topishlarida kitobning…

To‘liq...

Ko‘zgudagi o‘quvchi

Jurnalning 2-sonida berilgan “Boshni toshlardan asrab” maqolasi tengdoshlarimiz uchun yaxshi saboq bo‘ldi. Chunki ko‘pchilik maktab o‘quvchilari, ayniqsa qizlar qo‘llariga turli naqshlarni soldirishni odat qilib olganlar. Bu ularning tarbiyasiga, axloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylayman. Negaki, bu holat atrofdagilarning diqqatini o‘ziga…

To‘liq...

Partadoshim a’lochi

Yaqinda “Gulxan” jurnalidagi “Partadosh qanday tanlanadi” maqolasini o‘qib chiqdim. Haqiqatdan partadoshning to‘g‘ri tanlanishi o‘quvchining bilimi oshishida, iqtidorini namoyish qilishida muhim o‘rin tutarkan. Mening partadoshim Qamariddin sinfimizning a’lochi o‘quvchilaridan. Unga qarab chiroyli yozishga, barcha fanlardan a’lo baholar olishga…

To‘liq...

Kechir, qaldirg‘och

Yozning issiq kunlari edi. Ayvonimiz shiftining burchagidagi mo‘jazgina loysuvoq iniga parto‘shak to‘shab, ikki qaldirg‘och palaponlarining uchirma bo‘lishini intizorlik bilan kutardi. Ular bolalarining qornini to‘yg‘azish uchun tinmay yemish tashiydi. Bu qaldirg‘ochlar har yilgi mehmonimiz.

Kunlarning birida – tushlikdan so‘ng mizg‘ib qolibman.…

To‘liq...

Mo‘jizalar mamlakati

Biz miriqib nafas oladigan havo qanday kimyoviy elementlardan iborat? Suvning tarkibini bilasizmi? Tuproqning-chi? Mevalar tarkibi bilan qiziqqanmisiz? Diqqat qilsak, butun dunyo kimyo(viy unsurlar)dan iborat ekanini anglaymiz.

Kimyo – ilm-fan xaritasidagi haqiqiy mo‘jizalar mamlakati.

Odamlar ilk bor toshdan buyum yasay boshlaganida yoki temirni…

To‘liq...

Qahramon bobo

Said bobo Alimardonov bu yil 93 bahorni qarshi oldilar. Ular 18 yoshida Ikkinchi jahon urushiga jo‘nab ketganlar. Shiddatli kechgan Stalingrad, Leningrad janglarida ishtirok etib, o‘qlar yomg‘iri, tanklar nishonidan omon chiqib, bugungi osoyishta kunlarimizga tamal toshi qo‘yganlar. Janglarda bir necha bor jiddiy jarohat olganlar.

Shunda ham…

To‘liq...

Seni sharaflayman, jonajon kitob

Rivojlangan davlatlarda hatto chaqaloqlarni ham kutubxonalarga olib borisharkan. Iye, chaqaloqlar qanaqa qilib kitob o‘qishadi, deb hayron bo‘layotgandirsiz?! Ular bolalar maydonchasi, xiyobonlar o‘yingohlar qatori kutubxonalarga sayohat qilisharkan. Kutubxonada emaklab yuradigan go‘daklar bo‘limi, 2-3 yoshli…

To‘liq...

Eng muhimi ishonch

O‘tgan kunimizdan munosib xulosa chiqarish uchun tarixni mukammal bilishimiz zarurligini bugun barchamiz yaxshi bilamiz. Shu ma’noda yoshlarni o‘tmish voqealaridan xabardor qilish, ajdodlarimiz qoldirib ketgan katta moddiy va ma’naviy merosni o‘rganishda maktablarimizda o‘tilayotgan tarix fanining ahamiyati katta.

Men pedagogik faoliyatim davomida…

To‘liq...

Har ishda dongdor

Tengdosh – tengdoshga

– Navro‘za, sinfdoshing Gulnoza Karimova juda yaxshi rasm chizar ekan. Ammo judayam tortinchoq. Bu qizni “kamalak”chilar safiga tortishga urinib ko‘rmadingizmi? – so‘rab qoldi o‘quv yili boshida maktabning yangi yetakchisi Shohida opa Saidova.

– Gulnoza to‘qishga, liboslarga munchoq tikishga, umuman amaliy san’at turlariga…

To‘liq...

Sohibqiron saltanatida

Qadrli o‘quvchilar, siz darsliklar va ustozlaringiz sabog‘i orqali Amir Temur bobomizning hayoti, uning yurishlari, jahon tarixida tutgan o‘rni, insoniyat tamaddunidagi buyuk xizmatlari, davlatchilik siyosati, boqiy merosi va tarixiy qudrati haqida juda ko‘p marotaba eshitgansiz, o‘qigansiz. Qolaversa, buyuk bobomiz haqida asrlar osha xalqimizning…

To‘liq...

Yil bo‘yi “Gulxan” bilan

Boysun tumanidagi 53-maktab yuksak tog‘lar bag‘rida joylashgan. Maktabga asosan Gumatak qishlog‘ida yashaydigan bolalar qatnagani uchun o‘quvchilar soni uncha ko‘p emas. Tuman markazidan ancha olisda joylashgan maktab o‘quvchilari bo‘sh vaqtlarini ko‘proq badiiy kitoblar o‘qish bilan o‘tkazishadi. 82 o‘quvchining barchasi kutubxona a’zosi.…

To‘liq...

Buvim aytgan ertaklar

Yaqinda kitob javonimizning bir chekkasidagi fotosuratlar albomini ko‘rib qoldim. Bu yoshligimizda tushgan oilaviy suratlar edi. Hayajon bilan albomni bir-bir varaqladim. Mana, biz – uch aka-ukaning yoshligimiz aks etgan suratlar. Egnimizda oddiygina oq surp ko‘ylak, boshimizda gilam do‘ppi. Uchalamizning ham javdirab turgan ko‘zlarimizda birmuncha…

To‘liq...

Har qatrasi dur

Ushbu kun birinchi bo‘lib Rio de Janeyro shahrida o‘tgan konferensiyada qabul qilingan. 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi ham yurtimizda bu borada samarali ishlar olib borilayotganligidan dalolat beradi.

2002-yildan boshlab shu kunga qadar mamlakatimiz hududidan oqib o‘tuvchi…

To‘liq...

Dunyoga ochilgan eshiklar

Kasb tanlash ostonasida

Axborot asrida g‘oya, fikr, innovatsion loyiha oltindan qimmat baholanmoqda. O‘zining biznes rejalari, tadbirkorlik harakati bilan yangilik yaratishga intilayotgan tengdoshlaringizga banklar tomonidan foizsiz kreditlar ajratilmoqda. Hali o‘quvchi bo‘la turib, stipendiya olayotgan yoshlarimiz bor. Bugun sizlarga tadbirkorlar…

To‘liq...

Qo‘shimch dars – bu…

Qadrli o‘quvchilar! Ko‘pchiligingiz maktabda a’lo baholarga o‘qisangiz-da, yanada bilimdon, zukko bo‘lish maqsadida qo‘shimcha darslarga, turli to‘garaklarga qatnashasiz. O‘zingizdagi qobiliyatni yuzaga chiqarib darslarni yaxshi o‘zlashtirayotganingizdan sevinasiz. Ammo, ba’zan o‘rtog‘ingiz qo‘shimcha darslarda toliqayotgani, o‘zi istamagan…

To‘liq...

Sen bahorni sog‘inmadingmi?

Yodnoma

 

ABDULLA ORIPOV! Biz sevgan benazir shoir! Ulug‘likning yana bir yorqin namunasi...

Yuzlab, minglab muxlislari hamisha shoirning maftunkor she’riyati shaydosi bo‘ldi.

Shoirning kitoblari, she’r va dostonlari kirib bormagan xonadon, turli mavzuda yozilgan o‘tli she’rlarini o‘qib, “voh” demagan kishining o‘zi bo‘lmasa kerak.

Maktabda o‘qib…

To‘liq...

Shoira orzusidagi qizlar

Bahor kelishi bilan odamlar ko‘nglida kurtak otayotgan iliqlik va xurramlik samimiy suhbatlar mavzusiga aylangan. O‘zbek ayolining chinakam timsoli, vafo kuychisi Zulfiya aytib o‘tganidek:

 

Salqin saharlarda, bodom gulida,

Binafsha labida, yerlarda bahor.

Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...

 

Zulfiya –…

To‘liq...

Til – qalb oynasi

Bir kuni avtobusga chiqqan o‘quvchilarning suhbati diqqatimni tortdi.

– Bugun futbol o‘ynagani borasanmi? – dedi o‘quvchilardan biri sherigiga.

– Yo‘q, borolmasam kerak, bugun “paxan”ning navbatchilik kuni emas. Uydan chiqib ketolmayman. Qolaversa, qishloqdan bobom kelganlar. Otam, “boboy”ga yaxshi qara, deb tayinlaganlar.

O‘quvchi men unga…

To‘liq...

Tariximiz ko‘zgusi

Tarix. U – sirli olam. Zafar beshinchi sinfga o‘tganida dars mashg‘ulotiga bir nechta yangi fanlar qo‘shildi. Ular orasida “Qadimgi dunyo tarixi”, “O‘zbekiston tarixi” ham bor edi. Bu fanlar Zafarni sirli olamga yetakladi. Uni qadimda Yer yuzida yashagan turfa mavjudotlar, bahaybat sudralib yuruvchilar-u ulkan o‘txo‘r va go‘shtxo‘r jonzotlar,…

To‘liq...

Tariximiz ko‘zgusi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 25 yilligi nishonlanmoqda. Shu kunlarda mamlakatimiz mudofaa qudrati, turli tarixiy davrlarda yuz bergan harbiy voqealar, davlatchilikning yuzaga kelishi va Qurolli Kuchlarining shakllanishi, buyuk sarkardalar hamda qahramonlar haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun O‘zbekiston Respublikasi…

To‘liq...

Qizil olma

Qadim zamonda podshohning voyaga yetgan sohibjamol qizi kasal bo‘lib qolibdi. U hech narsa yemay, kun-u tun qimirlamay yotaverganidan, ozib-to‘zib ketibdi. Saroy tabiblari qizni qanday dard bilan og‘riganini topisha olmabdi. Darg‘azab podshoh mulozimlariga buyuribdi:

– Nahotki, mening mamlakatimda qizimni davolaydigan tabib topilmasa?! Qayerdan…

To‘liq...

Yosh ko‘ngillar e’tirofi

“O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov har bir uchrashuvda bolalarga qarata, Mening aziz bolalarim, hammangizni bag‘rimga bosaman, barchangizni yaxshi ko‘raman, derdi. Ana shu mehr bois qishloqlarda ham shahar maktablaridan qolishmaydigan o‘quv muassasalari, sport zallari qurildi, kerakli sharoitlar yaratildi. Bu esa biz…

To‘liq...

Sizni buyuk ishlar kutmoqda

Xuddi yil fasllariga o‘xshab bolalarning fe’l-atvori ham turlicha bo‘ladi. Kimdir o‘rtoqlari bilan o‘yindan beri kelmasa, kimningdir do‘sti yo‘q. Yana biri arazchi bo‘lsa, boshqasiga gap ta’sir qilmaydi, bittasi so‘zamol, ikkinchisi kamgap. Shu sababli ular xarakter xususiyatlaridan kelib chiqib, ba’zi muammolarga duch kelishadi. Bu borada uzoq…

To‘liq...

Mehrning mevalari

– Umida Abdujabborovna, 6-sinfdagi Doston Karimovning rasm chizishga yaxshigina layoqati bor ekan. U bilan alohida shug‘ullansammikan, – dedi navbatdagi darsdan so‘ng tasviriy san’at o‘qituvchisi Rahimjon Rasulovich direktorga maslahat ohangida.

– Juda soz, biroq bu tashabbusni yanayam kengaytirsak-chi, – jilmaydi Umida opa, – maktabimizda…

To‘liq...

O‘zimizning po‘latqanotlar

Samolyotda parvoz qilish, oppoq bulutlar ustida o‘zingni xuddiki lochinlardek his qilib, atrofni kaftdagi olmadek tomosha qilish haqida qay bir bolakay orzu qilmagan deysiz. Osmon kengliklariga boqib ne xayollarga cho‘mmagan. Ko‘kda parvoz qilayotgan samolyotni ko‘rganda “samolyot, samolyot, meni olib ket...” deya qayta-qayta baqirmagan bolakay ham…

To‘liq...

Ustoz faxri

7-”A” sinfining adabiyot fani darsidamiz. Bugungi mavzu O‘zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsinning “Me’mor” romani. Noan’anaviy “ijodkorlik darsi”ni til va adabiyot o‘qituvchisi Muxtasar Umarova “Tafakkur va xayolot sehrgari” deb nomlabdi. Darsda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, yozuvchi ijodi va asar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi. Roman haqida…

To‘liq...

Har satrga zeb berib

Havaskorlar she’rlarini o‘qib

Tahririyatimizga kelgan xatlarni saralab, mavzularga ajratar ekanmiz, ularning aksariyati Vatan haqidagi she’rlar bo‘lganidan quvonaman. Demak, vatanini jon-dilidan sevadigan bolalar ko‘p. Undan keyin qalamga olingan mavzular ona, ustoz, do‘stlik haqida bo‘ladi. Ularning eng yaxshilarini “Nishona” sahifasiga tanlab…

To‘liq...

Mangulik

Ustoz Abdulla Oripovni xotirlab

O‘ylab ko‘rsam, ko‘pchilikka nasib etavermaydigan baxt menga berilgan ekan. Minglab odamlar bir bor yuzlashishni orzu qilgan, adabiyotimizning muazzam ustunlari bo‘lgan, hayotligidayoq mumtozlik maqomiga erishgan buyuk ijodkorlar bilan bir jamoada, yelkama – yelka mehnat qilgan ekanman.

Xudoyberdi To‘xtaboyev,…

To‘liq...

To tirikdirki tabiat…

Shu kunlarda xalqimiz o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlamoqda. Garchi bugun ardoqli shoirimizning o‘zlari oramizda bo‘lmasalar ham u kishidan qolgan ulkan adabiy meros,…

To‘liq...

Qiz bolaning ziynati

Omina maktabdagi eng jamoatchi, a’lochi qiz. Ammo uyda onasi unga umuman ish buyurmaydi. “Sening asosiy vazifang yaxshi o‘qish, uy yumushlarini katta bo‘lsang o‘rganib olasan”, deydi.

Onasi har tong hovli supurayotganda Omina yugurib borib, oyijon, men supura qolay, desa onasi, sen maktabga tayyorlan, nonushtang tayyor, tag‘in darsga kech qolma,…

To‘liq...

Hayotimda matematika

Jajji qizaloq edim. Bog‘chada o‘rtoqlarim bilan bog‘cha opamizning qo‘lidan ushlab sayrga chiqqanlarimiz, ertak qahramonlari rolini o‘ynaganlarimiz, bayram tadbirlarida raqsga tushib qo‘shiqlar kuylaganimiz men uchun go‘zal olam edi. Bog‘cha opamning soch turmaklari, rasm chizganda, harflar yozayotgandagi qo‘llarining chiroyli harakatlari, ayniqsa,…

To‘liq...

Sug‘urlar oilasi

Daryo qirg‘oqlari, tog‘ oralig‘i va yonbag‘irlarida uchrab turuvchi kemiruvchilar sinfiga mansub sug‘urlarning bir nechta oilasi guruh-guruh bo‘lib hamjihatlikda yashab “shaharcha” hosil qiladi. To‘dadagilarning barchasi opa-singil, og‘a-inilardan iborat, oila birdamligi saqlanadi. Ularni biror narsa cho‘chitadigan bo‘lsa, qattiq chiyillab inlariga…

To‘liq...

Ey, o‘rtoq, do‘st, dugona, “Gulxan”ga bo‘l obuna!

Shu kunlarda tahririyatimizga kelayotgan maktublar va elektron manzilimizga yo‘llanayotgan obuna bilan bog‘liq xushxabarlar bizni juda quvontirmoqda. Quyida ularning bir nechtasi bilan tanishasiz.

 

 

Toshkent shahar Yashnobod

tumanidagi 206-maktab direktori Mahzuna HAMDAMOVA:

 

“Gulxan” jurnalini nafaqat o‘qituvchi va o‘quvchilarimiz balki…

To‘liq...

Bayrog‘imiz tug‘ilgan kuni

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

 

Dilshod bugun negadir juda erta uyg‘ondi. Yopishqoq kipriklarini yarim bukilgan mushtlari bilan ishqalarkan, hali tong yorishmaganini sezdi. Shu bahona bo‘ldi-yu, yana biroz mizg‘ish niyatida o‘ringa cho‘zildi. Ammo tashqaridagi deraza oynalaridan bobosi uni kuzatib…

To‘liq...

Mo‘jiza yaratgan ustoz

– Ozodaxon, ustozing aytdi, harf yozishni bilmayotgan emishsan, – dedi Nazira opa qo‘lida qalam bilan “Alifbe” kitobiga tikilib qolgan qiziga.

Ozoda bir cho‘chib tushdi, keyin onasiga yuzlanib dedi: – Oyijon, menmas, aslida Huri ustozning o‘zi harflarni tanimaydi. Harflarni hammamizga bir-bir ko‘rsatib, “Bu qaysi harf, bu qaysi harf”, deb so‘rab…

To‘liq...

Faxr

Bizning oilada san’at va adabiyotga qiziqish juda katta. Bobom va buvijonim, ota-onam ham qiziqishlarimizni, qobilyatimizni befarq qoldirmaydilar.

O‘tgan yilning oxirlari edi. Dadam uyga xush kayfiyatda kirib keldilar va biz uchun poytaxtdagi yirik konsert dasturiga chipta olganlarini aytdilar. Quvonchimiz ichimizga sig‘masdi. Pespublikamizning…

To‘liq...

Quvnoq uchrashuv

Jurnalni varaqlayotgan qadrdonlarim. Bilaman, “Gulxan”ni qo‘lingizga olar ekansiz, eng avval sahifalardagi rang-barang rasmlarni ko‘zdan kechirasiz. So‘ng qayta varaqlab mutolaa qilishni boshlaysiz. Sizni jalb qilgan o‘sha jilvakor rasmlar mahoratli rassomlarning ijod mahsulidir. Har bir sahifadagi sermazmun va qiziqarli she’r, hikoya, ertag-u…

To‘liq...

Mag‘ribda yodlangan “Yurakning shakli”

Ona tilimizning jarangi, jozibasi onamizning bizga o‘rgatgan ilk so‘zlari orqali qulog‘imizga singgan, yuragimizga yetib borgan. Shuning uchun ham uni onaga qiyoslaymiz. Tilimizning boyligi, imkoniyatlari haqida so‘z borganda, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini e’tirof etmay ilojimiz yo‘q. Bugun dunyoda…

To‘liq...

Mo‘jiza ro‘y bergan kun

yoxud XV yozgi Paralimpiya o‘yinlariga bir nazar

“Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zbek sportchilari uchun dasturulamal bo‘lgan mazkur iborani bejizga tez-tez ta’kidlab o‘tmaganligini bugun davrning…

To‘liq...

O‘quvchining yomoni bo‘lmaydi

– deydi poytaxtimizdagi 206-maktab o‘qituvchisi Dilorom BOYMATOVA

Men ustoz Dilorom Boymatova bilan, aniqrog‘i, uning o‘quvchilari bilan bahorda – “Gulxan” jurnali poytaxt maktablari o‘quvchilari bilan Botanika bog‘ida o‘tkazgan “Yashil olamga sayohat” tadbirida tanishdim.…

To‘liq...

Muhabbatli muallim

Birgina harf o‘rgatishning ming mashaqqatini totib, bundan qalbi cheksiz g‘urur va faxrga to‘lib yurgan Muhabbat Sharapova tajribali ustozlardan biri. U Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi. Muhabbat opa hayotini yosh avlodga ilm o‘rgatishga…

To‘liq...

Ustoz Bobur sabog‘i

“Boburnoma”ni mutolaa qilgan bo‘lsangiz, uning “To‘qqiz yuz o‘ttiz beshinchi (1528–1529) yil voqealari” bobida Zahiriddin Muhammad Bobur o‘g‘li Humoyun Mirzoga yozgan bir maktub bor. Xat o‘sha paytda farzand ko‘rgan o‘g‘ilga tabrik bilan boshlanadi.

Shukr, bermish…

To‘liq...

Nurli manzillar

Har kuni necha bor ostona hatlab ko‘chaga chiqasiz. Shunda kundan-kunga, yildan-yilga mahallangizdagi, ko‘changizdagi o‘zgarishlarni ko‘rib, atrofga hayrat va faxr bilan boqasiz. Bir necha yil oldin shu ko‘chalarda yalangoyoq chopib yurgansiz. Tengqurlaringiz bilan ariq bo‘ylarida shodon o‘ynagansiz. Endi…

To‘liq...

Zavqli ta’til

Go‘zal tabiat quchog‘ida joylashgan oromgohlarda dam olayotgan bolalarning zavqli ta’til damlari haqida hikoya qilish maqsadida ijodiy guruhimiz bilan yana Bo‘stonliq tumaniga yo‘l oldik. Bu galgi safarimiz Xondayliq qishlog‘idagi “Barkamol avlod” oromgohidan boshlandi. Ikki yarim gektardan ortiq…

To‘liq...

Dillarga muhrlangan sayohat

Abdurahim bobo nevaralari Jasur, Shodiya va Shabnamni har yili yozgi ta’tilda sayohatga olib chiqadi. O‘tgan yili ular Samarqand va Buxoro shaharlaridagi obidalarni ziyorat qilishgan edi. Bu ikki azim shahar taassurotlari butun o‘quv yili davomida bolalarni tark etmadi. Odatda adabiyot fanidan ko‘pincha…

To‘liq...

Bolalarning samimiy do‘sti

Qadrli o‘quvchilar! Yozuvchi va publitsist Ashurali Jo‘rayev nomi sizga yaxshi tanish. Uning “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallarida, “Tong yulduzi” gazetasida e’lon qilingan hikoyalarini o‘qigansiz. Adib o‘z ijodini bolalarga atalgan Toshbaqalar poygasi kitobi bilan…

To‘liq...

To‘yga to‘yona bilan

Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik to‘yini katta yutuq va muvaffaqiyatlar bilan kutib olayapmiz. Bayram arafasida qurib bitkazilgan Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘lining ishga tushirilishi mamlakatimiz hayotida ulkan tarixiy voqea bo‘ldi.

Bundan uch yil avval Yurtboshimiz ushbu yo‘l qurilishi…

To‘liq...

O‘zbekiston lochinlari

Aslida, istiqlolning ilk kunlari bizga, xalqimizga katta parvozlar uchun yo‘l ochib bergandi. Yurtimizdagi har bir inson bunday shukuhli lahzalarni olam-olam quvonch bilan yodga oladi. Biroz fursat o‘tib, mamlakatimiz va xorij davlatlari osmonida mustaqil O‘zbekiston samolyotlari parvoz qila boshlagach, chinakam ma’noda…

To‘liq...

Bilimdonlar maskani

Erta tongdan bobo quyosh darvozasi peshtog‘iga o‘z nomi tushirilgan “Quyoshli” uzra nur taratayotganda bu yerdagi bolajonlar birin-ketin uyqudan uyg‘ona boshlagandi. Qushlarning yoqimli “chug‘ur-chug‘ur”i jajji yuraklarning shodon kulgulariga ulanib ketgan. Toza va musaffo havo, sharqiroq zilol…

To‘liq...

Oftobga oshno maskanlar…

Multfilm qahramoni Kesha “O, yoz, sen kelsang bo‘lar juda soz, o yoz!...” deb kuylaganda ko‘z oldingizga poyonsiz bug‘doyzorlar, ta’til, muzqaymoq, mazza qilib cho‘milish, so‘lim oromgoh kelsa kerak-a?!

Darvoqe, ta’tilning birinchi oyidanoq oyingiz sochiq, shippak, kiyim-kechagingizni joylab…

To‘liq...

Oromgohga bormoqchimisiz

yoxud yozgi oromgohlar haqida nimalarni bilasiz?

Yozgi ta’tilga chiqib, uyidagilarni ikki kundan buyon so‘roqqa tutayotgan Dildorani ishdan qaytgan dadasi yoniga chaqirdi:

– Qizim, seni qiziqtirgan ma’lumotlarni olib keldim. Avval mana bu raqamlarga quloq tut. Bu yil yurtimizda 1 ming 204 ta oromgoh faoliyat…

To‘liq...

Bedorlik imzosi bilan

Mamlakatimizda mingdan ziyod ommaviy axborot vositalari faoliyat yuritmoqda. O‘nlab teleradiokanallar, internet agentliklari va axborot xizmati, nodavlat radio va telekanallar, bosma nashrlar va agentliklar tarmog‘i kun sayin rivojlanmoqda.

Orangizda jurnalist bo‘lishni orzu qilgan o‘quvchilar ko‘p bo‘lsa…

To‘liq...

Bir maqsad yo‘lida

Sport barkamollik kaliti, kishi qalbini yorug‘ xayollarga yetaklovchi kuch. Har bir inson sport bilan shug‘ullanar ekan, uning qadrdon do‘sti, hamqadamiga aylanishi shubhasiz. Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlari orasida sportga oshno qalblarning kundan-kun oshib borishiga sabab ham aslida mana shu. Shu istak va maqsadlar rivoji,…

To‘liq...

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.