Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Abdulla Oripov haykali poyida

  • Rukn: Nishona
  • 161 marta ko‘rilgan

Qarshi shahrida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tashkil etilganiga uch yil toʻldi.

 

Bir shoir yashadi har lahza yonib,

Faqat el quvonchin, dardin oʻylagan.

Oʻz qaygʻu, shodligi, tashvishi qolib,

“Ona xalqim”, – deya xalqin siylagan.

 

Bulbulga daʼvogar toʻtilar sarson,

Topolmay joʻyali biror qofiya.

Eh, doʻstlar kuylamoq emasdi oson,

“Oʻzbekiston, mening Vatanim”, – deya.

 

Siz suygan xalq sizni unutmas aslo,

Har lahza nomingiz dilda etib yod.

Sizga taʼzim boʻlsin, sizga tasanno,

Izdoshlar ruhingiz aylagaydir shod.

 

Bugun oʻzbek xalqi sizni yod etib,

Olqishlab, ardoqlab qoʻydilar haykal.

Ammo siz, bobojon, minglab qalblarga

Haykal oʻrnatdingiz bizdan-da avval.

 

Mashhura ABDURAIMOVA,

Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyot fani chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchisi

2016–2020 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.