Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Aka

  • Rukn: Nishona
  • 42 marta ko‘rilgan

Qushlar uchishmoqda osmonda qator,

Galma-gal safboshi almashar oʻrin.

Oldinda qarshilik – turfa xavf-xatar,

Oldinga qoʻyishar qushlarning zoʻrin.

 

Safboshi boʻlmoqlik osonmas doʻstim,

Buni vaqt koʻrsatar, vaqt – oliy hakam.

Men-chi, qarshilikka duch kelmay oʻsdim,

Chunki oldimda bor safboshi – akam.

 

Samariddin YOʻLDOSHEV,

Toshkent shahar Sergeli tumanidagi

6-DUTIOT maktab oʻquvchisi

2016–2020 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.