Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Andijon

  • Rukn: Nishona
  • 25 marta ko‘rilgan

Maysalaring kuylardek mayin,

Saharlaring tugamas kitob.

Samolarda sayr etsa quyosh,

Tunlaringda bor toʻlin mohtob.

 

Dalalarda koʻklamning isi,

Yosh-u qari birdek xursand, shod.

Bolalarning begʻuborligi

Koʻngillarni qiladi obod.

 

Andijonim, yuksalgin mangu,

Goʻzal boʻlgin har dam va har choq.

Chiroyingga koʻzlar tegmasin,

Oʻzim boʻlay senga koʻzmunchoq.

 

Odina EGAMBERDIYEVA,

Muhammad Yusuf nomidagi DIMI, 8-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.