Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bahor zavqi

  • Rukn: Nishona
  • 143 marta ko‘rilgan

Orziqib kutganim, keldingmi, bahor,

Har tongda bir shodlik rizq-nasiba bor.

Rangin to‘n kiyibdi bog‘lar, dalalar,

Soylar sharqiraydi, yo‘llar chamanzor.

 

Kurtakni uyg‘otar bahor yellari,

Qushlar qanot qoqqan osmon beg‘ubor.

Jilmaygan chechakning kulgularida

Orziqib kutganim, keldingmi, bahor!

 

Nafisa XURRAMOVA,

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani

49-maktab 9-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.