Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Oltin vodiy

  • Rukn: Nishona
  • 30 marta ko‘rilgan

Sahar ayyom bulbul alyor aytgan mahal,

Madhing kuylab ashʼor bitsam, tutsam qalam.

Olloh bergan jamolingga boʻlsam mahtal,

Yuzlashmoqqa yuz topmadim, oltin vodiy,

Husningga mos soʻz topmadim, oltin vodiy.

 

Anor rangin koʻchirganda yanoqlarga,

Gilam yozay dalang quchgan soʻqmoqlarga.

Qamar izlab boqmagayman yiroqlarga,

Yuzlashmoqqa yuz topmadim, oltin vodiy,

Husningga mos soʻz topmadim, oltin vodiy.

 

Yalla aytgan ovozingdir jonga jonim,

Bobo dehqon, novvoy mening qadrdonim.

Namangonim, sen Fargʻonam, Andijonim,

Takrori yoʻq goʻzal sanʼat, oltin vodiy,

Tangrim boqqan kichik jannat, oltin vodiy.

 

Durdona BEKMIRZAYEVA,

Namangan Davlat universiteti qoshidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Ibrat

maktab-internati, 10-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.