Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Orzuim

  • Rukn: Nishona
  • 85 marta ko‘rilgan

Orzu qilib, osmonlarga uchsam, deyman,

Quloch yoyib, bulutlarni quchsam, deyman.

Shoir bo‘lish asli menga orzu emas,

Bu hayotda o‘z o‘rnimni topsam, deyman.

 

Kitob to‘la pastakkina uyim bo‘lsa,

Bog‘ ichida yo‘lakchasi yo‘lim bo‘lsa.

Yolg‘onlarga yetaklovchi xayol emas,

Dard begona baxtga to‘la she’rim bo‘lsa.

 

Shahnoza NISHONOVA,

Farg‘ona viloyati Buvayda tumani

52-maktab 7-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.