Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qahratondagi ijod

  • Rukn: Nishona
  • 181 marta ko‘rilgan

Ajib ohang ichra raqs tushar jo‘shqin,

Qahraton keltirdi qorparchasini.

Ko‘kdan par bulutlar yog‘dirib uchqun,

Oq po‘stinga burkar qish archasini.

 

Yog‘di, yog‘averdi men uchun tinmay,

Nam yedi oyoqlar, muzladi qo‘lim.

Lekin muzlamagan qalam erinmay,

Tasvirlay boshladi o‘lkani so‘lim.

 

Sirli olam uzra go‘zal tabiat,

Zabardast, she’ringni etaman men yod.

Qahraton qishing ham sevaman har vaqt,

Buyuk mehr ila qilaman ijod!

 

Sadoqat NORMAHMATOVA,

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani

41-maktab 10-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.