Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Shoʻx-u shodon bolalar

  • Rukn: Nishona
  • 71 marta ko‘rilgan

Ildizi mustahkam yurt

Kuchli boʻron vo ajab,

Yerga qilar tajovuz.

Boʻron kuchi daraxt-la

Bunda keldi yuzma-yuz.

 

Mana havo, bu tuproq

Janggohga aylanmoqda.

Har bir yaproq, har meva

Jang uchun shaylanmoqda.

 

Nega meva-yu barglar

Jonini qildi fido?

Shoxlar sindi ildiz-chun,

Vatan-chun boʻldi fido.

 

Lek kuchli tanni oson

Hech sindirib boʻlmaydi.

Ildizi mustahkam yurt,

Millat aslo oʻlmaydi.

 

Taʼtil

Toʻqqiz oy taʼlim oldik,

Yozgi taʼtil boshlandi.

Maktabda darslar yoʻq deb,

Koʻngil biroz gʻashlandi.

 

Ariqlarda suvlar koʻp,

Choʻmiladi bolalar.

Qovun, tarvuzga toʻla

Yashil va keng dalalar.

 

Shoʻx-u shodon bolalar,

Hordiq chiqaring, albat.

Dam olishga berilib,

Kitobdan kechmang faqat.

 

Muxtasar KARIMOVA,

A. Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU

akademik litseyi 2-bosqich oʻquvchisi

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.