Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sichqon

  • Rukn: Nishona
  • 62 marta ko‘rilgan

Pitir-pitir pitirlab,

Yurishadi qitirlab.

Odam hidini sezsa,

Qochib qolar zirillab.

 

Don tashiydi uyiga

Bolalarim boqay, deb,

Mushukka ham chap berar,

Bexavotir yashay, deb.

 

Ey, pishloqxoʻr sichqonvoy,

Oʻgʻirlikni bas qilgin.

Noyob isteʼdodingni

Yaxshi ishga sarf qilgin.

 

Shohjahon MOʻMINBOYEV,

Sirdaryo tumani 1-maktab 9-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.