Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sinfdoshlarimga

  • Rukn: Nishona
  • 73 marta ko‘rilgan

Bunchalar olovsiz,

Bunchalar otash,

Bunchalar quvnoqlik

Har biringizda.

Baʼzan oʻyinqaroq,

Baʼzida dilkash,

Mehr mujassamdir

Koʻzlaringizda.

Bunchalar beozor

Shoʻxliklaringiz,

Mehrni tuyaman

Koʻzlaringizda.

Quvnoqlik, shoʻxlikning

Boʻlib bir aksi,

Mudom barq uradi

Yuzlaringizda.

 

Inoyatoy RAHIMOVA,

Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani

1-son IMI 8-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.