Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Suvni asrang

  • Rukn: Nishona
  • 1952 marta ko‘rilgan

Necha asrkim bobolar,

Suvni asrab kelishgan.

Tomchisin ko‘zga surtib,

Suv qadrini bilishgan.

 

Jazirama yurtlarda,

Hamon suvga zorlar bor.

Kim suvni isrof qilar,

Kimlar esa unga zor.

 

Suv bu obi-hayotdir,

Tiriklikning manbai.

Suv bu tanga davodir,

Muqaddasdir non kabi.

 

Mushtariy SOBIROVA,

Toshkent shahar Uchtepa tumani 38-maktab bitiruvchisi

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.