Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Suyukli vatan

  • Rukn: Nishona
  • 325 marta ko‘rilgan

Ona siymosidan yaralgan vatan,

Har bir toshing oltin, har biri ma’dan,

Men seni ko‘p suygum axir hammadan,

Vatan, onajonim, jannatmakonim.

 

Bulbul, qumrilari sayrar butoqdan,

Allomalar chiqar har bir qishloqdan,

Mehr isi kelar gul-u yantoqdan,

Vatan, mening shonim, mening gulshanim.

 

Jadidchi bobolar, ruhingiz shoddir,

Siz istagan vatan bugun bunyoddir,

Yurtda istiqlolim mangu hayotdir,

Vatan, suyukligim, O‘zbekistonim!

 

Dilbar ABDULLAYEVA,

Samarqand viloyati Ishtixon tumani 14-maktab 9-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.