Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Teshavoyning lofi

  • Rukn: Nishona
  • 414 marta ko‘rilgan

Kechasi bilan shamol,

Ekinni qildi payhon.

Hamma boqar bezovta:

“Oxiri bo‘lar yomon”.

 

Olmalarning jahlini,

Chiqaribdi shamol xo‘p.

Qip-qizilin uzibdi,

Tushiribdi to‘p-to‘p-to‘p.

 

Shamol tingach Teshavoy,

Qahramon bo‘lib qopti:

Tong mahali shamolni

Zap ushlab, qopga sopti.

 

Mahliyo RAHIMBOYEVA,

Xorazm viloyati Gurlan tumani 7-maktab 9-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.