Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

To‘kin kuz

  • Rukn: Nishona
  • 703 marta ko‘rilgan

Kirib keldi kuz

Tez hosilni uz.

Sabzini kovla,

Tayyordir o‘ra.

Kutmoqda uni

Palovxonto‘ra.

Qovoqni bo‘lar

Omborga solsa.

Onam tayyorlar

Qish bo‘yi somsa.

Yong‘oqni qoqib,

Qoplarga solgin.

Har kuni tongda

Bitta yeb olgin.

To‘kin kuzimiz –

Yorug‘ yuzimiz.

 

Feruza HAMIDOVA,

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani

1-son akademik litsey 7-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.