Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Turfa gullar

  • Rukn: Nishona
  • 88 marta ko‘rilgan

Anhor qirgʻogʻida atirgul

Erta tongda shabnam ichadi.

Kapalaklar yuzlarin oʻpar,

Mayin sabo giryon uchadi.

 

Rayhon hidi atrofni olar,

Gulzor toʻla qizil lolalar.

Har boqqanda koʻzlarim quvnar,

Qoʻshiq aytar shoʻx shalolalar.

 

Dunyo toʻlsin turfa gullarga,

Iforlarga toʻlsin yer shari.

Yurak undan andoza olsin,

Omon boʻlsin doʻstlarning bari.

 

Feruza MOʻMINOVA,

Fargʻona viloyati Beshariq tumani

8-maktab 9-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.