Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yangi umid

  • Rukn: Nishona
  • 95 marta ko‘rilgan

Yetaklaydi qalbim umidni,

Quchoq ochar bizga kelajak.

Bulutlarni etganda makon,

Sho‘x yulduzlar so‘ylaydi ertak.

 

Muhabbat urug‘i qadalgan,

Qalbim nurli shaharlarida.

Orzularim pichirlab aytdim,

Ko‘klamoyning saharlarida.

 

Otar axir, yulduzli tongim,

Gurkiraydi umid chechagi.

Fazolarga yetadi bongi,

Ushaladi orzu, kechagi.

 

Bugun yangi tong, yangi umid,

Istiqbolga urug‘ qadalar.

Orzularga qanot berib, so‘ng,

Yangisini eking odamlar.

 

Navro‘za TURSUNOVA,

Sirdaryo viloyati Guliston shahar

6-maktab

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.