Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yuksakka qarab

  • Rukn: Nishona
  • 63 marta ko‘rilgan

Maroqlidir bolalik chogʻi,

Maktabdagi shoʻxliklar bisyor.

Muallimlar qalb bogʻbonlari,

Uqtiradi ilmni takror.

 

Goh qolamiz darsda bahslashib,

Sinfdoshlar, oʻrtoqlar bilan.

Koptok quvlab yuramiz goho

Zerikmaymiz, chekmaymiz hech gʻam.

 

Ulgʻayamiz yetuk shaxs boʻlib

Vatanimiz koriga yarab.

Bizga oʻrnak buyuk bobolar,

Qad rostlaymiz yuksakka qarab.

 

Jasur TOʻQSONOV,

Sirdaryo viloyati Sardoba tumani

6-maktab 9-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.