Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bosh qomusimiz

Huquqlarimiz bisyor,

Bizda qonun ustuvor.

Biz erkinmiz, biz hurmiz

Qomusda g‘ururimiz.

 

Vatanimiz ko‘zgusi,

Qat’iydir har bir so‘zi.

O‘qib yodda saqlaymiz,

Burchimizni oqlaymiz.

 

Orzuimiz u bilan,

Sha’n-shonimiz u bilan.

Ozod elning qomusi

Obod elning qomusi.

 

So‘zlagani adolat,

Ko‘zlagani diyonat.

O‘qib, o‘qib kuchlimiz,

Yurt ishiga burchlimiz.

 

Kelajakka yo‘llaydi,

Har bandida qo‘llaydi.

Xalqning Bosh kitobi u,

Ko‘kdagi oftobi u.

 

Zahro HASANOVA

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.