Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Dunyo bolalari

Farid USMON

 

Dunyo bolalari

 

Biri qora, biri oq,

Dunyoning bolalari.

 

Biri biriga o‘rtoq,

Dunyoning bolalari.

 

Davra qursa xushchaqchaq,

Dunyoning bolalari.

 

Bo‘lar bir tizim munchoq,

Dunyoning bolalari.

 

Do‘stlikni qilib bayroq,

Dunyoning bolalari.

 

Quyoshga ochar quchoq,

Dunyoning bolalari.

 

Tinchlikka ochar quchoq

Dunyoning bolalari.

 

 

Tush

 

Akam bilan ikkovimiz,

Bir eshak tutib oldik.

Arqonni yugan qilib,

Ustiga chipta soldik.

– Men tutdim.

– Yo‘q, men tutdim, –

Talashamiz eshakni.

Uyg‘onsam... baqiryapman,

Minib olib to‘shakni.

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.