Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Garchi koʻkda uchmaymiz...”

Shirin burun

– Bilmam qanday turibsiz

Bu suronda, Qorbobo?

Sovuq qotmadingizmi

Qorboʻronda, Qorbobo?

 

– Yaralganman qor, muzdan,

Sovuq oʻtmas bu jondan,

Faqat sabzi burnim-chun

Hadigim bor quyondan.

 

Tovuqning aytgani

Garchi koʻkda uchmaymiz,

Lek bizlar ham qushlarmiz.

Baʼzan xashak, goʻng titib,

Koʻnglimizni xushlarmiz.

 

Goʻsht, tuxum yeb odamlar

Kuch olar biz tovuqdan.

Faqat qishda egamiz

Asrasa bas sovuqdan.

 

Turob Yusuf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.