Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Vatan yoshlari

Biz o‘zbek yoshlari, Vatan yoshlari,

Vatan taqdiriga taqdirdosh nasl.

Millatning bir jon-u bir tan yoshlari,

Buyuk kelajakka daxldor, mas’ul!

 

Mardona-mardona tashlaylik qadam,

Ozod yurt, obod yurt bo‘lsin mukarram!

 

Ota-bobolardan jasorat meros,

Barhayot shonlari, ular kimniki?

Nomusi, vijdoni, e’tiqod-ixlos,

Barchasi bizniki, barchamizniki!

 

Mardona-mardona tashlaylik qadam,

Ozod yurt, obod yurt bo‘lsin mukarram!

 

Ona O‘zbekiston yo‘li porloq, oq,

O, uning ertasi o‘zimizdadir.

Abadiy porlasin muqaddas bayroq,

El-yurtga qo‘limiz ko‘ksimizdadir!

 

Mardona-mardona tashlaylik qadam,

Ozod yurt, obod yurt bo‘lsin mukarram!

 

Azim Suyun

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.