Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yayra Sa’dullayeva

yayra sadullayeva

Sa’dullayeva Yayra Ubaydullayevna 1934-yil 18-sentabrda Toshkentning Sebzor dahasida tavallud topgan. 1953-yil o‘rta maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMu)ning filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi.

Universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgan bo‘lajak adiba mehnat faoliyatini Respublika yoshlar gazetasi tahririyatida adabiy xodimlikdan boshlaydi. Keyinchalik 1964-yildan 1971-yilgacha “Gulxan” jurnaliga, 1971–1995-yillar davomida esa “G‘uncha” jurnaliga bosh muharrirlik qiladi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasi Yayra Sa’dullayevaning qissa, hikoya va badiiy lavhalardan tashkil topgan “Hayotning bir varag‘i”, “Ko‘zlari xumor”, “Ona ko‘ngli”, “Ayol qadri”, “Tom boshida tog‘ora”, “Yaltiroq xalqacha”, “Qog‘oz qush”, “Baxtli bo‘ling”, “Chip-chipjon”, “Bekinmachoq”, “Ko‘cha to‘la bolalar”, “Katta hovli” kabi yigirmaga yaqin kitobi chop etilgan. Ko‘plab hikoyalari o‘rta maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan darslik va qo‘shimcha o‘quv qo‘llanmalariga kiritilgan.

Yayra opa bugungi kunda ham bolalar uchun yangi asarlar ustida ishlamoqda. U kishi hamisha tahririyat bilan bog‘lanib turadilar. Zarur bo‘lganda ko‘p yillik tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yosh ijodkorlardan o‘z maslahatlarini ayamaydilar.

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.