Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Alpomishning vorisi

Yurt uchun – Vatan uchun,

Gulzor-u chaman uchun,

Qo‘shadi hissa-kuchin,

Sog‘lom bola – boy bola.

 

Sog‘ aql, sog‘lom tanda,

Sportni qilmas kanda,

O‘zbekiston vatanda,

Sog‘lom bola – boy bola.

 

Polvon bo‘ladi hali,

Alpomishlar singari,

Omon bo‘lsinlar bari,

Sog‘lom bola – boy bola.

 

Kuchga to‘lar bilagi,

Ijobatdir tilagi,

Shijoatli yuragi,

Sog‘lom bola – boy bola.

 

Dilida ezgu so‘zi,

Porlab turadi yuzi,

Istiqlol o‘g‘il-qizi,

Sog‘lom bola – boy bola.

 

Laylo ESHMURODOVA,

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 5-maktab 7-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.