Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Dilkash dugona

Ra’no Jamolova mening eng yaqin dugonam. Toshkentdagi 324-maktabda o‘qiydi. U juda chiroyli – ismi jismiga mos qiz. Sochlari uzun. Tunov kuni biznikiga kelib mehmon bo‘lib ketgandan so‘ng, onam, do‘st tanlashda adashmabsan, qizim, dedilar. Chunki Ra’no juda xushmuomala, bilimdon, chaqqon qiz. U zukko kitobxon ham. Yangi kitob olib o‘qishi bilan menga qo‘ng‘iroq qiladi. Taassurotlarini aytadi, menda o‘sha kitobga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Men ham o‘qib chiqqach, fikr almashamiz. Bir-birimizga kitoblar sovg‘a qilamiz.

Ra’noning men qadrlaydigan yana bir fazilati – u milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni hurmat qiladi. Qo‘lidan kelgan yordamini odamlardan ayamaydi.

Ra’no qo‘shni kelinoyining qizchasini har kuni ertalab bog‘chaga olib borib qo‘yar, kechga tomon olib kelib berardi. Buni bilib qolgan sinfdosh qizlar, senga nima birovning bolasini tashmalab, deyishdi. Ra’no esa bu kinoyani sezmaganday xushmuomalalik bilan:

– Qo‘shnimiz Madinani o‘z singlimday yaxshi ko‘raman. Kimgadir oz bo‘lsa-da foydam tegsa, o‘sha kunim men uchun samarali o‘tgan hisoblanadi, – dedi. Shunda sinfdosh qizlar uyalib qolishdi.

Men sog‘lom bola deganda, ham sport bilan shug‘ullanadigan, ham sog‘lom fikrlaydigan, milliy qadriyatlarimizni yaxshi biladigan bolalarni tushunaman. Dugonam Ra’noni ham bemalol ular qatoriga qo‘sha olaman. Hamma tengdoshlarimning Ra’nodek dugonalari bo‘lishini istayman.

Mahinabonu HAMIDULLAYEVA,

Toshkent shahri Shayxontohur tumani

299-maktab 7-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.