Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sog‘lom bola kim o‘zi?

Sog‘lom bola kim o‘zi,

Qandaydir gapi, so‘zi?

Uch dugona, uch o‘rtoq

Bahsga kirishdi quvnoq.

 

Lola boshladi bahsni,

Diliga tugib ahdni.

– Bilimli bola sog‘lom

Bahsga o‘rin yo‘q tamom.

 

– Bilim emas yo‘q-yo‘q-yo‘q

Sog‘ jismimdan ko‘nglim to‘q.

Shudir mening boyligim,

Shundandir chiroyligim.

 

– So‘zlar rost, – dedi Ra’no,

Har birida bor ma’no.

Lek savolga mos javob

Topgandayman men shu tob:

Sog‘ tanda – sog‘lom aql,

Bobolardan bu naql.

Kimki sportga oshno,

Ilmga bo‘lar tashna.

Sog‘lom aql – sog‘lom tan,

Chin boylik ekan bilsam.

 

Sitora ABDURAHMONOVA,

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 63-maktab 9-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.