Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

To‘rt muchasi sog‘ bo‘lsa

Tani sog‘lik – tuman boylik, deydi xalqimiz. Buning ma’nosi – tanasi sog‘lom odam mingta boylikka ega degani. Chindan ham sog‘lom odam o‘z orzusi yo‘lida bemalol harakat qiladi, bemalol hunar o‘rganadi, bemalol sport bilan shug‘ullanadi. Bu jismoniy sog‘liq beradigan boylik.

Endi o‘sha sog‘lom bola ruhiy-ma’naviy sog‘lomlikka ham harakat qiladi. Ya’ni kimning avlodi ekanini, millatimizning asrlar sinovidan o‘tgan, o‘zligimizni tanitadigan urf-odatlarimizni yaxshilab o‘rganadi. Ularga amal qiladi. Yana xalq og‘zaki ijodining durdonalari bo‘lgan “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlarni ham o‘qib, uqib oladi. Tarbiyasiga yaxshi ta’sir qiladigan eng oddiy va eng noyob omil – kitoblarni o‘ziga do‘st deb biladi.

Buvimning ta’biri bilan aytganda, to‘rt muchasi sog‘ bola to‘g‘ri o‘ylaydi, to‘g‘ri fikrlaydi. Uni hech qanday begona g‘oya, har qanday yomon fikrlar ham o‘z e’tiqodidan chalg‘ita olmaydi. Mustaqil mamlakatimizning ana shunday sog‘lom fikrli farzandini esa men to‘la ma’nodagi – boy bola, deya olaman.

Sevinch ABDUSAIDOVA,

Angren shahridagi 8-maktab 7-sinf o‘quvchisi

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.