Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yurtning egasi

Ko‘zi baxtdan kulgan o‘zbek farzandlari

Dili shaxdga to‘lgan o‘zbek dilbandlari.

O‘z xalqining shodon, quvnoq, erkalari –

O‘zbekiston degan yurtning egalari.

 

Sog‘lom bola – vatanining suyanchidir,

Sog‘lom bola – ota-ona quvonchidir.

Bilim oling, komil bo‘lib toping kamol,

Shunda sizga peshvoz chiqar baxt-u iqbol.

 

Maftuna ABDUKARIMOVA,

Qashqadaryo viloyati Koson tumani 8-maktab

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.