Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat

Qiziltepa tumanidagi 3-maktabda 9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini xotirlash maqsadida “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” loyihasi asosida “O‘tganlar xotirasini yod etish – bizning muqaddas burchimiz”, deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir qatnashchilari Qiziltepa shahridagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qo‘yib, tuman O‘lkashunoslik muzeyiga sayohat qilishdi. Sayohat davomida Ikkinchi jahon urushida, front ortida qatnashgan faxriylarimiz ko‘rsatgan jasorat, fidoyiliklardan yoshlarimiz qalbi iftixorga to‘ldi. Yurtni e’zozlash, keksalarni qadrlash milliy qadriyatligini anglashdi, ular jasorati abadiyligini yurakdan his qilishdi.

 

Nilufar RO‘ZIYEVA,

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani

3-maktab o‘qituvchisi

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.