Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bayramga sovg‘a

Biz bayramlarda sovg‘a olishni yaxshi ko‘ramiz. Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida Bag‘dod tumanidagi 4-umumta’lim maktabi o‘quvchilari sovg‘aning eng kattasini oldi. Maktabimizda barcha qulayliklarga ega zamonaviy, biz orziqib kutgan sport zali ishga tushirildi. Safimizda sport bilan do‘stlashgan chaqqon, epchil bolalar juda ko‘p. Bunga sabab, belbog‘li kurash bo‘yicha 4 karra Respublika chempioni, 4 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medali sohibasi Go‘zalxon Meliyeva maktabdoshimiz ekanligi bo‘lsa, ajabmas.

Sportchining ukalari sifatida u bilan faxrlanibgina qolmay, chempion opamizdek mohir sportchi bo‘lishga ahd qildik va sport zalida ish boshlaydigan to‘garaklarga o‘z qiziqishimiz bo‘yicha a’zo bo‘ldik. Men stol tennisi hamda belbog‘li kurash to‘garagida o‘z mahoratimni sinab ko‘rmoqchiman. Niyatim, kelgusida nafaqat Respublika, balki xalqaro musobaqalarda ham chempion bo‘lish.

 

Shahriyor SOBIROV,

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani

4-maktab

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.