Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan” uchrashuvlari

Toshkent viloyati Boʻka tumanidagi 39-maktabda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan “Bir farzandga uch kitob” nomli adabiy tadbir nihoyatda koʻtarinki ruhda oʻtdi. Kechani viloyat “Navroʻz” nashriyoti direktori Ilhom Halilov ochib, oʻquvchilarga kitobning, badiiy asarlarning inson hayotidagi oʻrni haqidagi juda qiziqarli maʼlumotlarni yetkazdi.

Maktabning “Yosh qalamkash” toʻgaragi aʼzolari oʻz ijodlaridan namunalar oʻqishdi. “Gulxan” jurnalidagi “Nishona” sahifasi ularga mahorat maktabi vazifasini oʻtayotganligini hayajon bilan taʼkidlashdi. Kechada ishtirok etgan uyushma aʼzosi, shoira Oydinniso, “Gulxan” jurnali boʻlim boshligʻi Muhabbat Hamidovalar oʻquvchilarning adabiyot, jurnal haqidagi savollariga atroflicha javob berishdi. Soʻngra maktab kutubxonasiga oʻz kitoblaridan sovgʻa qilishdi. Shunday tadbirlar tumanning 38-maktabida ham oʻtkazildi.

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.