Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kitob bayrami

 2-aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni yurtimizda katta shodiyonalar bilan o‘tdi. O‘quvchilarning kitobga bo‘lgan hurmati va mehri ifodasiga aylangan bayram Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 206-maktabda ham keng nishonlandi. Maktab axborot-resurs markazi rahbari Navbahor Qudratova tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda ota-onalar, tuman axborot-resurs markazi vakillari, tuman maktablarining kutubxonachilari ishtirok etdi. “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” nomini olgan ushbu bayramda Dilorom Boymatova rahbarlik qilayotgan 2-sinf o‘quvchilari kitob, kitobxonlikka bag‘ishlab adabiy kompozitsiya tayyorlashdi. Ular ijrosidagi kitobning inson hayotidagi o‘rni aks ettirilgan sahna ko‘rinishi o‘tirganlarda juda katta taassurot qoldirdi. Ota-onalar maktabda tashkil qilingan savdodan farzandlari uchun badiiy kitoblar xarid qilishdi. Kecha so‘ngida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan o‘quvchilarga sovg‘alar topshirildi. Maktabning Toshkent viloyat “Turon” kutubxonasiga a’zo bo‘lgan faol o‘quvchilari kutubxonaning esdalik sovg‘alari hamda badiiy kitoblar bilan taqdirlanishdi.

 

Gulxanjon

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.