Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bayram dasturxoniga

Antiqa tovuq

Kerakli masalliqlar: 4 dona tovuq oyog‘i, 1 bosh piyoz, 2 dona kartoshka, 1 dona pomidor, falga qog‘ozi, tuz, murch, zira.

Tayyorlanishi: Kartoshkamizni to‘rtburchak shaklida, piyoz va pomidorimizni halqacha-halqacha qilib kesib olamiz. Keyin falga qog‘ozimizni kvadrat shaklida (15 santimetrga 15 santimetr) qilib kesib olamiz. Ularning har biriga 1 donadan tovuq oyog‘i qo‘yib ustiga tuz, zira, murch sepamiz. Ustiga ozgina kartoshka, 1 dona piyoz halqasi, 1 dona pomidor halqasidan qo‘yib, yaxshilab o‘rab yopamiz. Chetlari ochilib, suvi oqib ketmasligi kerak. So‘ng ularni patnisga terib, gaz pechida 1 soat-u 20 daqiqa pishirib olamiz. Tayyor taomni falga qog‘ozi bilan dasturxonga tortamiz.

 

“Yangi yil” salati

Kerarli masalliqlar: 2 dona qaynatib pishirilgan qizil lavlagi, qovurilgan 100 gramm kartoshka, 50 gramm somoncha shaklida quritilgan non, 1 dona bodring, 2 bosh ko‘k piyoz, 1 dona qovurib pishirilgan tuxum, 50 gramm qaymoq yoki mayonez, tuz.

Tayyorlanishi: Barcha masalliqlarimizni somoncha shaklida to‘g‘rab, mayonez bilan aralashtiramiz. Ta’bga ko‘ra tuz solamiz.

 

Nafis shokoladli tort

Biskvitga kerakli masalliqlar: 6 dona tuxum, 1 stakan shakar, 1 stakan un.

Tayyorlanishi: Tuxum sarig‘ini oqidan ajratib olib shakar bilan ko‘pirtiramiz. Ko‘pirgan massamizga tuxum sarig‘ini astalik bilan solib ko‘pirtirishda davom etamiz. Keyin un solib qoshiq bilan aralashtiramiz. Chunki biskvitimiz suyilib ketmasligi kerak.

Kremni tayyorlash: 0,5 litr qaymoqni 4 osh qoshiq quyultirilgan sut bilan ko‘pirtiramiz.

Bezatish uchun shokolad tayyorlaymiz: 4 osh qoshiq kakaoni 6 osh qoshiq shakar va 8 osh qoshiq sut bilan aralashtirgach, gazda 2 daqiqa qaynatib olamiz.

Tort tayyorlash: Biskvitimizni 2 ga bo‘lib, ichiga krem surtamiz. Ikkinchi bo‘lakni biskvitga yopishtirgach, uning ustiga ham krem surtib, ustidan issiq shokoladimizni quyib yuboramiz. Tort yuzini xohlasangiz meva yoki yong‘oq bilan bezatishingiz mumkin.

 

Pazanda: Husnobod

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.