Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Foydali maslahatlar

  1. 1. Oshxona pichoqlari qoshiq va sanchqilar bilan saqlansa, o‘tmas bo‘lib qoladi.
  2. 2. Piyoz to‘g‘rayotganda ko‘z yoshlanmasligi uchun pichoq uchiga yumshoq non bo‘lagini tiqib oling.
  3. 3. Agar yog‘ga choy qoshiq uchida shakar qo‘shilsa, piyoz yaxshiroq qizaradi.
  4. 4. Salat uchun to‘g‘ralgan mevalarga limon sharbati sepilsa, ular qoraymaydi.
  5. 5. Limon suvini siqib olishdan oldin uni bir necha marta issiq suvga solib oling. Shunda limondan ko‘p suv chiqadi va xushbo‘y bo‘ladi.
  6. 6. Biroz so‘ligan ko‘katlarni sirkali suvga 1 soat solib qo‘ying.
  7. 7. Dog‘lanayotgan yog‘ sachramasligi uchun qozonga ozgina tuz soling.
  8. 8. Sut qaynaganda tagi kuymasin desangiz, idishni sovuq suvda chayib tashlang.

9.1 litr sutga 1 choy qoshiq shakar solib qaynating, shunda sut yaxshi saqlanadi.

  1. 10. Sut pishirayotganda idishning chetiga yog‘ surib qo‘ying, sut toshmaydi.
  2. 11. Sabzavotlarni bug‘da dimlab pishirsangiz, ulardagi vitaminlar va kerakli moddalar yaxshi saqlanib qoladi.
  3. 12. Apelsin, limon, olma, behi kabi mevalarni dasturxonga qo‘yishdan oldin qaynoq suv bilan chaysangiz, xushbo‘y hidi gurkirab ketadi.
  4. 13. Sut qaynatayotganda idish ichiga tarelka solinsa, sut toshmaydi.
  5. 14. Tomat yuzasi mog‘or bosmasligi uchun uning ustiga ozgina yog‘ solib qo‘yish kerak.
  6. 15. Qaynatilgan tuxum suvi kalsiyga boy bo‘lib, uni gullarga quyilsa, gullar tetik o‘sadi. Bu suvga sochni yuvsa sochlar mustahkam bo‘ladi. Xira tortgan idishlarni qaynatilgan tuxum suviga ozgina sirka solib yuvsangiz, dog‘ini ketkazadi.
  7. 16. Tish og‘riganda bir bo‘lak lavlagini tishingiz ustiga qo‘ying, og‘riqni qoldiradi.

 

NAZOKAT

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.