Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Gulkaramli toblama

Zarur masalliqlar: 350 gr gulkaram (kichkina bir bosh), 100 ml smetana, 75 gr qattiq pishloq, 1 dona tuxum, 2 osh qoshiq saryog‘, yarim osh qoshiq un, tuz, murch, maydalangan yong‘oq mag‘zi.

Tayyorlanishi: 1. Gulkaramning gullarini ajratib, qaynab turgan tuzli suvda 5 daqiqa pishirgach, sovuq suvga solamiz. Keyin suvini yaxshilab silqitamiz.

2. Smetana, tuxum va unni aralashtiramiz. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazib, bir qismini olib qolib, qolganini smetanali aralashmaga solamiz. Tuz, murch va yong‘oq mag‘zini qo‘shamiz.

3. Chuqurroq idishni sariyog‘lab, gulkaram bo‘laklarini solgach, ustidan smetanali aralashmani quyib, qolgan pishloq qirindisini sepamiz. Toblamamiz 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqada pishadi.

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.