Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Jo‘xorili sho‘rva

Kerakli mahsulotlar: 100 gramm go‘sht, 4 dona piyoz, 3 dona pomidor, 3 dona bulg‘or qalampiri, 1 dona qizil sabzi, 3 dona kartoshka, 5 dona jo‘xori, 2 qoshiq o‘simlik yog‘i, tuz, suv.

Tayyorlanishi: qozonga yog‘ni solamiz. Piyozni parrak shaklida, qolgan mahsulotlarni esa katta-katta kubik qilib to‘g‘rab olamiz. Piyoz bilan go‘sht qovurilgach pomidor, bulg‘or qalampiri, ketidan sabzi va kartoshka solib, bir-ikki daqiqa kovlagach, qozonni to‘ldirib suv solamiz. Suv qaynab chiqmasidan jo‘xorilarni ikki-uch bo‘lakka bo‘lib sho‘rvaga tashlaymiz. Sho‘rva qaynagach pasaytirib 2-3 soat qaynatamiz. Bu sho‘rva yoz mavsumi uchun hazmi yengil taom hisoblanadi. U nihoyatda mazali va foydalidir.

 

Barno LUTFULLAYEVA

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.