Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kartoshkali kotlet

Kerakli mahsulotlar: 6 dona yirik kartoshka, 1 bosh piyoz, 50 gramm qiyma, 0,5 bog‘ ko‘kpiyoz, 1 dona tuxum, tuz va maydalangan qotgan non kukuni (suxari).

Tayyorlanishi: kartoshkani suvda qaynatib olinadi va po‘stidan tozalanadi. Maxsus ezgich yordamida bo‘tqa tayyorlanadi. Piyozni halqa-halqa qilib to‘g‘rab yog‘ solingan tovada qiyma bilan qizarguncha qovurilgach, kartoshka pyurega qo‘shiladi. Unga tuz va ko‘kpiyoz solib aralashtiriladi. Aralashma kotlet shakliga keltiriladi. Kotletlarni tuxumga botirib olib, maydalangan qotgan non kukuni sepiladi. Tovada qizib turgan yog‘da qizartirib pishiriladi.

 

NAZOKAT tayyorladi.

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.