Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mazali va foydali salat

Kerakli masalliqlar: 3-4 dona kartoshka, 1 dona tuxum, 1 stakan qotgan non talqoni, 2 cho‘mich o‘simlik yog‘i.

Tayyorlash:

40 daqiqa suvda qaynatib pishirilgan kartoshkani ezib bo‘tqa holiga keltiramiz. Unga tuz, murch solib, yaxshilab aralashtiramiz. Bo‘tqadan yong‘oqdek “koptokchalar” yasaymiz va ularni avval tuxumga keyin talqonga bulg‘ab olamiz. Qizib turgan tovada avval bir tarafini, keyin ikkinchi tomonini qizartirib, qovurib olamiz. “Koptokcha”larimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.