Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mevali muzqaymoq

Kerakli masalliqlar: 10 gramm meva (olma, qulupnay, malina, olcha, gilos bo‘lishi mumkin), oz miqdorda vanilin, 0, 25 litr sut, 0, 5 choyqoshiq kraxmal, 1 ta tuxum sarig‘i, 1 choyqoshiq shakar, 1 oshqoshiq pista mag‘izi.

Tayyorlanishi: Mevalarni mikserda maydalab, sirli idishdagi sutga solinadi va qaynab chiqquniga qadar olovga qo‘yiladi. Kraxmal bir oshqoshiq suvda eritilib, sutga qo‘shiladi va aralashtirilib yana bir qaynatib olingach, xona haroratida sovitiladi. Boshqa idishda tuxumning sarig‘i bilan shakarni aralashtirib, ustiga sovitilgan sut, limon sharbati qo‘shiladi. Barcha masalliqlar aralashtirilib tindiriladi. Tayyor massani zanglamaydigan po‘lat idishga solib, muzlatkichga qo‘yiladi. Ushbu massani 5 soat davomida muzlatkichda saqlab, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turish lozim. Tayyor bo‘lgan muzqaymoqni dumaloq shakllarda olib, maxsus idishga qo‘yib, ustini meva murabbosi bilan bezatamiz.

 

Pazanda: Husnobod

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.