Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Muzdek go‘ja

Go‘ja tayyorlashda ta’bga qarab bug‘doydan tashqari oq jo‘xori donlaridan ham qo‘shib yuborish mumkin. Odatda go‘jani qaynatishdan oldin bug‘doyni hovonchaga solib yaxshilab maydalashar edi, ammo hozir bozordagi don va don mahsulotlari sotiladigan rastalardan go‘ja uchun maxsus oqlangan bug‘doy xarid qilish mumkin.

Bug‘doyni yaxshilab sovuq suvda yuvib, taxminan 3-4 litr suv solib donlar yorilib pishgunga qadar avval o‘rtacha olovda, so‘ngra past olovda qaynatiladi. Ular pishguncha suvi ham kamayib boradi. Pishgan bug‘doy salqinroq joyga qo‘yib sovitiladi. Agar imkon bo‘lsa, muzlatkichga solib qo‘yish ham mumkin. Faqat bug‘doyni issiqligida muzlatkichga solmaslik lozim. Bug‘doy sovigach, qatiq yoki suzmani sovuq suv bilan aralashtirib suyultirib olinadi, oshko‘k va tuz-murchlarni solib aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan go‘ja sovuq holda dasturxonga tortiladi.

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.