Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qiymali rulet

Kerakli masalliqlar: 2 stakan un, 125 gramm margarin, 1 ta tuxum, yarim stakan sut, ta’bga ko‘ra tuz, 300 gramm qiyma, 2 bosh piyoz, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i.

Tayyorlanishi: Oldin xamirimizni tayyorlab olamiz. Unni margarin bilan uqalagach, tuxum, tuz, yarim stakan sut solib, yumshoq xamir qorib, tindirishga qo‘yamiz. Qiymani mayda to‘g‘ralgan piyoz bilan tovada qizib turgan yog‘ga solib, 10 daqiqa qovurib olamiz. Tuz va ziravorlar sepamiz. Xamirni 3-4 millimetr qalinlikda yoyib, ichiga margarin surtamiz va qiyma sepib ohista o‘raymiz. O‘ramani qizigan pechda 35-40 daqiqa pishirib olamiz.

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.