Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yangi yil dasturxoni

Qo‘lqopchali salat

Kerakli mahsulotlar: 3 dona tuxum, 250 gramm tovuq go‘shti, 150 gramm qisqichbaqa tayoqchasi, 1 dona piyoz, 400 gramm mayonez.

Tayyorlanishi: Tovuq go‘shti qaynatib pishirilgach, mayda qilib to‘g‘raladi. Likopchaga qo‘lqop shakli berib yoyiladi. Ustidan mayonez surtib, mayda qilib to‘g‘ralgan piyoz sepiladi. Qaynatilgan tuxum sarig‘i maydalab sepiladi. Har birining orasiga mayonez surtiladi. Qisqichbaqa tayoqchalari qo‘lqopchaning ustiga lenta qilib yopilgach, tuxum oqini maydalab sepiladi.

 

Kartoshkali va qiymali toblama

Kerakli mahsulotlar: 6 dona kartoshka, 500 gramm go‘sht qiymasi, yarim stakan sut, 50 gramm sariyog‘, 1 bosh piyoz, 2 dona tuxum, 2 osh qoshiq non tolqoni, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, tabga ko‘ra tuz.

Tayyorlanishi: Kartoshka po‘stlog‘i artilmasdan tuzli suvda yumshaguncha pishiriladi. Piyozni to‘rtburchak shaklda mayda to‘g‘rab, o‘simlik yog‘ida bir oz qo‘vurgach, unga qiyma, tuz qo‘shib qovurishni pishguncha davom ettiramiz. (Qiyma qizarib ketmasligi kerak).

Kartoshka pishgach qaynatilgan sut, sariyog‘ solib, ezib pyure qilinadi. 1 dona tuxum chaqib, tezlik bilan aralashtiriladi. (Agar sekin qo‘shsangiz tuxum issiq bo‘tqa taftida pishib qoladi).

Qolipga sariyog‘ surtib, tolqon sepiladi. Pyurening yarmini solib, tekislagach, ustiga qiymani yoyasiz, so‘ngra qolgan pyureni solib ehtiyotlik bilan tekislab ko‘pirtirilgan tuxum sarig‘i surtiladi. Qoshiq yordamida shakl qilib, toblama yuzasi bezatiladi. (Xohishga ko‘ra tuxum sarig‘i va qotgan non tolqoni o‘rniga smetana yoki 100 gramm qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq sepish mumkin).

180-200 daraja issiqlikda qizdirilgan gaz pechida taxminan 30-45 daqiqa yuzasi qizarguncha pishiriladi.

 

Antiqa pishiriq

Kerakli mahsulotlar: 5 piyola un, 350 gramm margarin, 200 gramm smetana, 1 piyola shakar, 5 ta tuxum, 1 piyola yong‘oq mag‘zi, 1 stakan quyiltirilgan sut, razrixlitel.

Tayyorlanishi: 300 gramm margarin un bilan uqalanadi. Smetanaga razrixlitel va tuxum sarig‘i, un solib yumshoq xamir qorilib, uchga bo‘linadi. Tuxum oqi shakar bilan ko‘pirtiriladi. Birinchi zuvala yoyilib, ustiga beze surib, maydalangan yong‘oq sepiladi va gaz pechida qizarguncha pishiriladi. Qolgan zuvalalar ham yoyib shunday pishiriladi.

50 gramm margarinni quyultirilgan sut bilan aralashtirib krem holiga keltiriladi. Tayyor bo‘lgan pishiriqlar orasiga krem surtib bir-biriga yopishtiriladi. Shu kremdan pishiriq ustiga bezak beriladi.

 

Oshxona bekasi NAZOKAT

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.